22/08/2022

     Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,  viloyatda 2022- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 6 644,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 13,5 %ga oshgan.

    Jami chakana savdo aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi  1 386,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 177,5 % ga oshgan), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 5 258,2 mlrd so‘mni (3,7 % ga oshgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasining hajmi 1 031,6 mlrd so‘mni  (5,6 % ga oshgan) tashkil etgan.

  Ma’lumot uchun:  viloyatning  joriy yil iyul oyidagi chakana savdo tovar aylanmasi   1 083,5 mlrd  so‘mni tashkil qilgan.

 

  Axborot xizmati