19/08/2022

      Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 102,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 508 602 dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 92  950 donaga oshgan.

O‘zbekiston 11 ta davlatdan telefon import qilgan.

O‘zbekiston 7 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1,1 mln dona

BAA – 149 ming  dona

Vetnam – 142 ming dona

Hindiston – 101 ming dona

Qozog‘iston – 10,3 ming dona

Koreya – 2,1 ming dona

Oylar kesimida telefon importi:

 yanvar – 129 766 dona 

 fevral – 284 461 dona

 mart – 286 056 dona

 aprel – 276 362 dona

 may – 124 393 dona

 iyun – 229 872 dona

 iyul – 177 692 dona

 Matbuot xizmati