19/08/2022

      Xorazm viloyatida  2022– yilning 1– avgust holatiga viloyatda qurilish sohasida 2 082 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

Ularning 2 061 tasini kichik korxona va mikrofirma tashkil etgan.

        Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra qurilish korxonalarining 1 511 tasini mas’uliyati cheklangan jamiyatlari (2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 6,1 %ga oshgan), 36 tasini oilaviy korxonalar (9,1% ga oshgan), 488 tasini xususiy korxonalar          (7,4 %ga kamaygan) tashkil qilgan.

 Axborot xizmati