19/08/2022

     Xorazm viloyatida joriy  yilning yanvar-iyun oylarida 66,9 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 28,1 %ga ko‘paygan.

Jami mahsulotning 27,5 %i (18,4 ming tonna) fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-iyun oyida fermer xo‘jaliklari tomonidan 5,2 ming tonna kartoshka yetishtirilgan va  bu jami mahsulotning 10,0 %ga teng bo‘lgan.

 

Axborot xizmati