Xorazm viloyatida 2022- yilning 1- avgust holatiga 26 030 ta tijorat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ularning 24 063 tasi (92,4 %) faoliyat ko‘rsatgan.
Shu yilning yanvar-iyul oylarida 3 429 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan (2021- yilning mos davriga nisbatan 835 ta ko‘p).
Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari tarkibida eng katta ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 53,5 % (12 869 ta)ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati