16/08/2022

      Xorazm viloyatida  2022– yilning 1– iyul holatiga boqilayotgan parrandalarning umumiy bosh soni 6 286,7 mingtaga yetgan.

2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 141,8 mingta (2,3%)ga ko‘paygan.

Jami parrandalarning 61,7 %  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida:joriy yilning yanvar– iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 244,2 mln dona tuxum ishlab chiqarilgan.

  Axborot xizmati