Joriy yilning 16-avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Xorazm viloyati filiali mas’ul xodimi M.Iskandarova, viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari hamda boshqarma jamoasi qatnashdilar.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakili “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarishlar, xususan, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, ularning faoliyatini tashkil etish tartibi, yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Seminar so‘nggida hududiy boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olishdi.
Axborot xizmati