Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 6,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 16,9 ming tonna olma eksport qilgan.
Olma eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,3 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 7 oyida O‘zbekiston olma eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog'iston – 11,6 ming tonna
- Rossiya – 3,8 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 1,2 ming tonna
- Turkmaniston – 128 tonna
- 2022- yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p olma eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 5,1 ming tonna
- Xorazm viloyati – 4,3 ming tonna
- Buxoro viloyati – 1,5 ming tonna
- Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna
Matbuot xizmati