Xorazm viloyatida joriy yilning 6 oyida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 6 550,6 tonna baliq ovlangan.
2021– yilning yanvar– iyuniga nisbatan hajm 5,2 % ga ko‘paygan. Viloyatda ovlangan baliq xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 71,6 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p baliq Xiva tumanida ovlangan va 1414,0 tonnani tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun: respublikada hisobot davrida 41 630 tonna baliq ovlangan bo‘lib, hajmning 15,7 %i Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati