Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi registratorlar faoliyati davom qilmoqda.
Aholi yashash punktlarining kartografik chizmalari asosida uy xo‘jaliklarining joylashishi o‘rganilib, xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan belgilangan tartibda so‘rovlar o‘tkazmoqdalar. Shu o‘rinda registratorlar tomonidan raqamlanmagan yoki xaritalarda qayd qilinmagan uylarni alohida belgilab borilmoqda.
Suratlarda: uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning 15- avgust kungi faoliyatidan lavhalar.
Axborot xizmati