12/08/2022

     Shu yilning 4- avgustidan boshlangan uy-joy ro‘yxatini tuzish ishlari reja asosida davom etmoqda. Har bir registrator o‘ziga berkitilgan uchastkadagi turar va noturar joylarni xarita bilan taqqoslagan holda o‘rganib chiqmoqdalar. Shu qatorda xonadonlarning raqamlanganligi, uy xo‘jaliklarda doimiy yashovchi aholining ro‘yxati ham shakllantirilmoqda.

    O‘rganishlar davomida xaritalarda mavjud kamchiliklar aniqlangan holatda, kartografik chizmalarga tegishli belgilar qo‘yilib, kundalik ma’lumotlar hududiy Ro‘yxatga olish bo‘limlariga taqdim qilinmoqda

      Suratlarda: uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning  12- avgust kungi faoliyatidan lavhalar.

 

 Axborot xizmati