Joriy yilning 11- avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev Xiva shahar statistika bo‘limi boshlig‘i M.Razzoqov bilan birgalikda shu turdagi kuzatuvda ishtirok etishdi.
Shahardagi tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat ko‘rsatish obyektlarida aholiga ko‘rsatilayotgan turli xil xizmatlarning narxlari o‘rganilishi davomida qiyosiy tahlil qilindi. Shu bilan birga hududlardagi narxlarni ro‘yxatga olishga mas’ul qilib belgilangan xodimlar (registratorlar)ga xizmat ko‘rsatish narxlarining realligi va shaffofligiga e’tibor berish hamda tanlanma kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Narx kuzatuvlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
Axborot xizmati