11/08/2022

      Urganch tumanida joriy yilning 6 oyida 984,7 mlrd so‘mlik qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

  Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich.

  Ishlab chiqarilgan jami mahsulotning  84,4 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 14,1 %i fermer xo‘jaliklari, 1,5 %i qishloq xo‘jalik faoliyatini yurituvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

  Qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmining tarkibi:

  chorvachilik mahsulotlari - 711,7 mlrd so‘m,

  dehqonchilik mahsulotlari – 263,4 mlrd so‘m.

 Axborot xizmati