10/08/2022

     Xorazm viloyatida 2022- yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 974,5 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.

    Bu ko‘rsatkich xizmatlar umumiy hajmining 63,0 %ini tashkil qilgan va o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 110,6 % darajada qayd etilgan.

    Hududlar  kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Urganch shahri (680,2 mlrd so‘m), Urganch (257,7 mlrd so‘m), Xonqa (242,4 mlrd so‘m) va Hazorasp (226,7 mlrd so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Axborot xizmati