Xorazm viloyatida 2022- yilning 6 oyida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 302,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 15,6 %ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Urganch shahri (297,3 mlrd so‘m), Urganch (200,4 mlrd soʻm), Tuproqqal'a (122,9 mlrd soʻm), Xonqa (106,1 mlrd soʻm) tumanlari va Xiva shahri (105,2 mlrd soʻm) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati