Joriy yilning 6 oyi davomida viloyatning (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) 11 ta hududida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 380,4 mlrd so‘mni tashkil etgan va asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (171,2 mlrd so‘m), non va non mahsulotlari (59,1 mlrd so‘m), don mahsulotlari (mosh, loviya, no‘xat, guruch va boshqalar)(59,0 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati