Aholi yashash punktlarida uy-joylarni ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan xodimlar tomonidan xaritalarga asoslangan holda uy xo‘jaliklari xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xonadonlarda istiqomat qilayotgan aholidan uy xo‘jaliklari a’zolari xususidagi ma’lumotlarni olish barobarida, ularga aholini ro‘yxatga olish ishlarining ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar ham berib borilmoqda.
Suratlarda: uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarning 9- avgust kungi faoliyatidan lavhalar.
Axborot xizmati