Xorazm viloyati 2022– yilning yanvar– iyun oylarida xorijga 86,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.
Hisobot davrida viloyatdan qiymati 23,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan sabzavot eksport qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy meva-sabzavot eksport hajmining 73,0 %ni tashkil etgan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozogʻiston (50,3%), Rossiya Federatsiyasi (38,7 %) va Pokiston (5,6%) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati