05/08/2022

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

    Bu yil mamlakatimizda etishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga etkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning 6 oyida O‘zbekiston eng  ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

  Qozog‘iston – 39,2 ming tonna

  Rossiya – 15,1 ming tonna

  Qirg‘iz R. – 11,1 ming tonna

  Belarus – 1,1 ming tonna

  Tojikiston – 624 tonna

  Latviya – 448 tonna

  Mongoliya – 157 tonna

  Ukraina – 43 tonna

  Polsha – 19,4 tonna

  Matbuot xizmati