Xorazm viloyatida 2022- yilning 6 oyi yakunlarida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 8 589,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2021- yilning shu davriga nisbatan 3,5 %ga oshgan.
Shundan:
dehqonchilik, chorvachilik va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi - 8 382,9 mlrd so‘m (3,4 %),
ovchilik va yovvoyi hayvonlarni tutish va bu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 0,1 mlrd so‘m (2,7 %),
o‘rmonchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari - 71,6 mlrd so‘m (2,4 %),
baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari - 134,8 mlrd so‘m (5,5 foiz).
Axborot xizmati