01/08/2022

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 1- avgustidan e’tiboran respublikamizning barcha shahar va tumanlarida uy-joy ro‘yxatini tuzuvchi xodimlar (registratorlar)ning maxsus o‘quvlari boshlandi.  O‘quv seminarlari 1-3 avgust kunlari viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari hamda tegishli hududlarning Ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi.

 Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida  belgilangan hududdagi har bir uy-joy ro‘yxatini tuzish nazarda tutilgan bo‘lib, uchastkalarga  maxsus o‘qitilgan xodimlar - uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar biriktiriladi.

    Xorazm viloyati bo‘yicha 366 nafar  registratorni qamrab olgan mazkur seminar-treninglar davomida registratorlar o‘zlariga biriktirilgan uchastkani xatlovdan o‘tkazish, ya’ni respondentlar yashaydigan (vaqtincha bo‘lib turgan) yoki yashashi mumkin bo‘lgan barcha binolar ro‘yxatini aniqlash, kartografik materiallarni qiyosiy tekshirish, ularga tegishli belgi qo‘yish va zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritishga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Suratlarda: Xorazm viloyatining Xonqa, Yangibozor, Tuproqqal’a va Qo‘shko‘pir tumanlarida uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar uchun tashkil etilgan seminarlar jarayoni.

 

 

                                                   

                                                           Axborot xizmati