01/08/2022

    2022- yilning 29- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.

    Hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz axborot izlash tizimi)ga qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni xodimlarga tanishtirib o‘tildi.

Axborot xizmati