27/07/2022

   Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

 Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bo‘lsa, har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.

  Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:

Qoraqalpog‘iston R. – 1056 ta 

Andijon viloyati – 2532 ta

Buxoro viloyati  – 1405 ta

Jizzax viloyati  – 827 ta 

Qashqadaryo viloyati – 2006 ta

Navoiy viloyati – 720 ta 

Namangan viloyati – 2183 ta 

Samarqand viloyati – 2569 ta

Surxondaryo viloyati – 1348 ta

Sirdaryo viloyati – 888 ta

Toshkent viloyati – 2535 ta

Farg‘ona viloyati – 2527 ta 

Xorazm viloyati – 1026 ta

Toshkent shahri – 2950 ta

  Matbuot xizmati