27/07/2022

     Viloyat avtomobilsozlik sanoatida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida  35 877 dona  yengil avtomobili (24,7 % oshgan) va    9 863 dona maxsus yengil avtomobili (58,3 % ga oshgan) ishlab chiqarilgan.

May oyida  viloyat sanoatida 6 286 ta “Damas”  avtomobili hamda 2 597 ta maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumot uchun: hisobot davrida  viloyatda hajmi 3 399,0 mlrd so‘mlik avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, mahsulotning  ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 42,2 %ni, fizik hajm indeksi 113,6 %ni tashkil etgan.

 Axborot xizmati