27/07/2022

      2022- yil yanvar- iyun oylarida viloyatimizda 1 026 ta nikohdan ajrashganlar qayd etilgan.

Har 1000 aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,1 promilleni tashkil etgan hamda 2021- yilga nisbatan 0,3 promillega oshganligi kuzatilgan (2021- yilda 0,8 promilleni tashkil etgan).

Hududlar kesimida eng ko‘p ajralish holatlari Urganch shahri (150 ta), Urganch tumani (107 ta), Shovot tumani (106 ta) hamda Hazorasp tumanida (102 ta) qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: 2020-2022- yillarning mos davridagi ajralish holatlari tahlil qilinganda, ularning soni 2020- yilda – 497 tani, 2021- yilda -  753 tani, 2022- yilda – 1 026 tani tashkil qilgani kuzatilgan.

 Axborot xizmati