Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatdan xorijga 126,3 mln AQSH dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan.
2021- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 18,9 %ga koʻpaygan.
Eksportning 93,0 %ni tovarlar tashkil etgan bo‘lib, ular asosan sanoat tovarlari (47,0 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,0 %), turli xil tayyor buyumlar (11,3 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ma’lumot uchun: viloyatimizda hisobot davrida xorijga mahsulot va xizmatlar eksportini amalga oshirgan eksportyorlar soni 127 taga etgan.
Axborot xizmati