26/07/2022

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi 5 561,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 12,8 %ga oshdi.

Chakana savdo tovar aylanmasi hajmining tarkibi:

yirik korxonalar -  1 252,1 mlrd so‘mni ( o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 193,5 % ga oshgan),

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari - 4 309,1 mlrd so‘mni (0,7 % ga oshgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 838,4 mlrd so‘m  (5,1 % ga oshgan).

Iyun oyida viloyatning  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 066,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 Axborot xizmati