Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 450 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 821 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 104 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 6 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 118 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 21 ming tonna
sabzavotlar – 576 ming tonna
karam – 130 ming tonna
pomidor – 56 ming tonna
uzum – 11,1 ming tonna
mayiz – 38 ming tonna
yeryong‘oq – 11 ming tonna
tarvuz-qovun – 67,8 ming tonna
Matbuot xizmati