Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 160 523 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.
2022- yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 563 ming tonna
Ko‘mir – 2,5 mln. tonna
Neft – 383,4 ming tonna
Gaz kondensati – 655,4 ming tonna
Yengil avtomobillar – 160 523 dona
Avtobus – 483 dona
Yuk avtomobillari – 2 166 dona
Avtomobil dvigatellari – 116,3 ming dona
Matbuot xizmati