Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 8 333,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 115,4 %ni tashkil etgan.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan va uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,6 %ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning 1- iyul holatiga viloyatda 4 499 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati