25/07/2022

   Ma’lumki, joriy yilning 1- iyulidan e’tiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da Ro‘yxatga olish bo‘limlari tashkil etildi.  2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun  o‘z hududlari miqyosida  bevosita mas’ul  etib belgilangan mazkur bo‘limlarning boshliqlari va o‘rinbosarlari uchun hududuiy statistika boshqarmalari tomonidan bir necha marotaba ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari (onlayn,offlayn formatda)  o‘tkazildi..

  Bugun Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Saparov ishtirokidagi navbatdagi seminar uy-joylar ro‘yxatini tuzish uchun jalb qilinadigan xodimlar (registratorlar)ni maxsus o‘qitishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi. Unda viloyatning barcha shahar va tuman ro‘yxatga olish bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etib, ularga registratorlarni tanlab olishdan tortib, ularga bajaradigan vazifasi yuzasidan muhim nazariy va amaliy ko‘nikmalarni tushuntirishgacha bo‘lgan jarayonning barcha jihatlari tushuntirildi.

Xususan, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlikning eng asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu vazifaning to‘liq va sifatli bajarilishi, o‘z navbatida, ro‘yxatga olish ishlarining samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘quv-seminar davomida uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilarni ish jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida ro‘yxatga olish bo‘limlarining mas’uliyati va vazifalari alohida ta’kidlandi.

                                                                        Axborot xizmati