Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda xizmatlar hajmining 2021- yilning mos davriga nisbatan 12,5 % ga o‘sishi kuzatilgan.
Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha yuqori o‘sish aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (21,0 %), moliyaviy xizmatlar (17,3%), ijara xizmatlari (17,3 %) va sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarida (13,2 %) qayd etilgan.
Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-iyun oylarida ijara xizmatlarida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilgan (127,3 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda (167,0 %) o‘sish qayd etilgan edi.
Axborot xizmati