Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 062 taga kam.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
Qoraqalpog‘iston R. – 7 314 ta
Andijon viloyati – 8 999 ta
Buxoro viloyati – 6 531 ta
Jizzax viloyati – 4 148 ta
Qashqadaryo viloyati – 10 798 ta
Navoiy viloyati – 3 039 ta
Namangan viloyati – 7 054 ta
Samarqand viloyati – 11 513 ta
Surxondaryo viloyati – 9 573 ta
Sirdaryo viloyati – 2 744 ta
Toshkent viloyati – 9 040 ta
Farg‘ona viloyati – 10 792 ta
Xorazm viloyati – 8 074 ta
Toshkent shahri – 9 315 ta
Matbuot xizmati