Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2022- yil yanvar- iyun oylarida 8 074 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh koeffitsiyenti 8,4 promilleni tashkil etgan (2021- yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 0,2 promillega oshgan).
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida hududlar bo‘yicha eng ko‘p nikoh holatlari Xonqa (847 ta), Qo‘shko‘pir (803 ta), Bog‘ot (793 ta), Hazorasp (752 ta) va Urganch (745 ta) tumanlarida qayd etilgan.
Ma’lumot o‘rnida: hisobot davrida respublika bo‘yicha 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan bo‘lib, shundan 7,4% Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati