15/07/2022

Shu yilning 15-iyul kuni Xorazm viloyat teri-tanosil kasalliklar dispanseri shifoxonasida viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I. Otajonov ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.

“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining targ‘ibotiga bag‘ishlangan mazkur o‘quv-seminar yig‘ilishida qatnashgan muassasa xodimlariga mazkur Qonunning qabul qilinishi bilan rasmiy statistika sohasiga joriy qilingan o‘zgarishlar, barcha turdagi davlat statistika hisobotlarini topshirishga oid yangiliklar va ularning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.