2022- yilning 5 oyida Xiva tumanida 115,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajmi 15,8 % ga oshgan.
Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 100 % kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ishlab chiqaradigan sanoatda eng yirik hajm to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 79,8 mlrd so‘mni yoki 68,9 %ni tashkil qilgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 772,6 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati