Yangiariq tumanida 2022- yilning 1- iyun holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 494 tani tashkil qilib, shundan 1 372 tasi faoliyat ko‘rsatgan.
Joriy yilning 5 oyida tumanda 112 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021- yilning shu davriga nisbatan 40,0 %ga oshgan.
Yangiariq tumanida 2020-2022- yillar (yanvar-may oylari)da yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
2020- yilda – 152 ta,
2021- yilda – 80 ta,
2022- yilda – 112 ta.
Axborot xizmati