Joriy yilning 5 oyida Tuproqqal’a tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 7,6 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
TSA tarkibida eksportning ulushi 45,2 %ga, importning ulushi esa 54,8 %ga teng bo‘lgan.
Tuman eksportida sanoat tovarlari (1,9 mln dollar) va turli xil tayyor buyumlarning (1,3 mln dollar) hajmi yuqori bo‘lgan.
Eksportning 96,3 % MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ushbu davlatlardan import qilingan mahsulotlar umumiy hajmning 44,2 %ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati