07/07/2022

Urganch tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 504 ta sanoat korxonasi tomonidan 2022- yilning yanvar-may oylarida  363,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

2021-  yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 18,1 %ga oshgan.

Hisobot davrida tuman sanoatida yuqori salmoqqa ega bo‘lgan  192,9 mlrd so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari, 101,7 mlrd so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 30,2 mlrd so‘mlik boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Yirik korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 59,1 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati