2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda hajmi 6 709,9 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, aholi jon boshiga o‘rtacha 3 481,2 ming so‘mdan to‘g‘ri kelgan.
2021- yilning mos davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati 114,4 %ni tashkil qilgan.
Hududlar ichida Tuproqqal’a tumani (64 562,7 ming so‘m) va Urganch shahrida (6 794,1 ming so‘m) aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha viloyat darajasidan yuqori bo‘lgan.
Axborot xizmati