01/07/2022

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning iyun oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 % ga oshgan.

 Yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 12,2 % ga yetdi.

 2022- yilning iyun oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,1 foizga oshdi.

 Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,9 %  va aholiga pullik xizmatlar 0,8 foizga oshdi.

 

Matbuot xizmati