2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda bajarilgan ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 120,3 mlrd so‘mni, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 8,3 %ni tashkil qilgan.
2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,1% darajada qayd etilgan.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 132,0 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy qurilish ishlarining 10,5%ni tashkil etgan.
Axborot xizmati