Bog‘ot tumanida 2022- yilning 1- iyun holatiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 1 778 tani tashkil qilib, ularning 1 601 tasi yoki 90,1 % faoliyat ko‘rsatgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida tumanda 206 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Tumanda hisobot davrida 1 371 ta kichik biznes subyekti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra ularning 39,2 % savdo, 18,0 % sanoat, 16,9 % qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati