28/06/2022

2022- yilning yanvar-may oylarida  viloyatning ulgurji savdo tovar aylanmasi  1 756,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan  14,6 %ga oshgan.

 Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm   1 420,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2021- yil yanvar-may oylariga nisbatan 17,3 %ga ko‘paygan.

 Jami ulgurji savdo tovar aylanmasida kichik biznesning  ulushi esa 80,9 %ni tashkil qilgan.

     

 

Axborot xizmati