27/06/2022

Joriy yilning  yanvar-may oylarida viloyat sanoatida ishlab chiqarilgan iste’mol mahsulotlari hajmi 4 204,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Jami sanoat ishlab chiqarishi hajmida iste’mol mahsulotlarining ulushi 62,7 %ga, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 126,0 %ga teng bo‘lgan.

Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat bo‘yicha jami hajmidagi eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumaniga to‘g‘ri kelib 71,6 %ni , Urganch shahrida 11,5 %ni va Urganch tumanida 3,1 %ni tashkil etgan.

 

 

Axborot xizmati