22/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston qiymati 335 mln  AQSH dollariga teng bo‘lgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga oshgan.

 2022- yilning 5 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

 meva va rezavorlar – 61 ming tonna

 quritilgan meva va rezavorlar – 17,6 ming tonna

 sabzavotlar – 498 ming tonna

karam – 127,8 ming tonna

pomidor – 41,4 ming tonna

 uzum – 10,1 ming tonna

 mayiz – 32,8 ming tonna

 yeryong‘oq – 9,4 ming tonna

 tarvuz-qovun – 4,1 ming tonna.

 

 

Matbuot xizmati