Joriy yilning yanvar- may oylarida viloyatning (Urganch va Xiva tumanlaridan tashqari) 11 ta hududidagi o‘tkazilgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi natijasida savdo aylanmasi hajmi 299,4 mlrd so‘mni tashkil qilgani qayd etilgan.
Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (133,5 mlrd so‘m), non va non mahsulotlari (47,1 mlrd so‘m) va don mahsulotlari (46,5 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati