22/06/2022

2022- yilning  1- iyun holatiga viloyatda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan 180 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan.

Davlatlar kesimida eng ko‘p korxona Turkiya sarmoyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 47 taga, jamiga nisbatan ulushi esa 26,1 %ga etgan.

Viloyat hududlari ichida eng ko‘p – 66 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona Urganch shahrida faoliyat ko‘rsatgan.

Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha sanoat sohasida 59 ta qo‘shma va xorijiy korxonalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, bu eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Axborot xizmati