2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 272 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan.
2021- yilning mos davriga nisbatan ularning soni 318 taga yoki 16,3 % ga ko‘pdir.
Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining 13 tasini kichik korxona, 2 259 tasini mikrofirmalar tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning 1- iyun holatiga viloyatda 23 001 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati