2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatda 2 348 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, 2021- yilningmos davriga nisbatan ular sonining 16,4 %ga o‘sishi kuzatilgan.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni:
Urganch shahri – 337 ta,
Hazorasp tumani – 232 ta,
Urganch tumani – 230 ta,
Qo‘shko‘pir tumani – 214 ta,
Bog‘ot tumani – 206 ta.
Gurlan tumani – 195 ta,
Xonqa tumani – 168 ta,
Shovot tumani – 164 ta,
Xiva shahri – 158 ta,
Xiva tumani – 136 ta,
Yangibozor tumani -130 ta,
Yangiariq tumani – 112 ta,
Tuproqqal’a tumani – 66 ta.
Axborot xizmati